Dubay aviatsiyasi rahbarlari Boeing halokati yuzasidan izoh berishdan bosh tortmoqda

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishBoeing-737-800 samolyoti halokati
Boeing-737-800 samolyoti halokati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dubaydan Rostov-Donga uchgan Boeing 737-800 aviahalokati bilan bog‘liq barcha savollarni Flydubai kompaniyasiga berish kerak, dedi Dubay aeroporti vakili Gassan Axmaz.

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Fuqaro aviatsiyasi bo‘yicha Dubay boshqarmasi va Dubay xalqaro aeroporti xizmati Flydubai aviakompaniyasiga qarashli layner halokati bilan bog‘liq savollarga javob berishdan bosh tortmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Dubaydan qaytayotgan Boeing 737-800 layneri shanba kuni Moskva vaqti bilan 3:42da Rostov-Don aeroportida halokatga uchradi. Samolyot noqulay ob-havo sharoitlari tufayli aeroportning uchish-qo‘nish chizig‘idan chaproqda qulab tushgan.

Favqulodda xizmat xodimlari layner parchalarini ko‘zdan kechirishmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Rostovda halokatga uchragan layner bortida bitta o‘zbekistonlik bo‘lgan

"Ushbu reys Flydubai aviakompaniyasi tomonidan bajarilgan, shuning uchun aviahalokat bilan bog‘liq barcha savollarni kompaniyaga yo‘llash lozim. Hodisa bilan bog‘liq qo‘shimcha informatsiyaga ega emasmiz. Layner halokati bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni OAV orqali bilib olyapmiz", — deb javob qildi RIA Novostiga Dubay aeroporti vakili Gassan Axmaz.

O‘z navbatida, fuqarolar aviatsiyasi bo‘yicha Dubay boshqarmasi vakili Bolqiz Solih Said ham aviahalokat bilan bog‘liq barcha savollar kompaniyaga yo‘llanishi kerakligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0