Moskvada o‘zbekistonlik ko‘cha supuruvchi-narkodilerlar qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Ko‘cha supuruvchi-narkodilerlar yashash joyida o‘tkazilgan tintuv ishlari davomida 1,5 kg geroin moddasi, elektron tarozi hamda upakovka materiallari aniqlandi.

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Rossiya giyohvand moddalarni nazorat qilish qo‘mitasi xodimlari Moskva shahri Troisk va Novomoskovskiy ma’muriy okruglarida narkotik moddalarni taqsimlash va tarqatish bilan shug‘ullangan uch nafar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi, deb xabar qiladi qo‘mita matbuot-xizmati.

O‘zbek chegarachilari Tojikistondan narkotik moddalar kirib kelishiga yo‘l qo‘yishmadi

Qo‘lga olinganlar turar joyida o‘tkazilgan tintuv ishlari davomida 1,5 kg geroin moddasi, elektron soat va upakovka materiali aniqlangan. Tezkor guruh xodimlarining so‘zlariga qaraganda, narkotikning bir qismi 200dan ziyod o‘ramlarga fasovka qilingan bo‘lgan.
Oradan ko‘p o‘tmay, MKAD tezkor guruh xodimlari  tomonidan uchinchi gumondor qo‘lga olindi. Gumondorning avtomobilidan 500 gr geroin moddasi topilgan. Aniq bo‘lishicha, u geroin moddasini keyinchalik sotish maqsadida, o‘z hamqishloqlaridan xarid qilgan. Qo‘lga olinganlarning ikki nafari ko‘cha supuruvchi bo‘lib ishlagan.
 "Gumondorlar o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi, ular qilgan ishlaridan pushaymon ekanliklarini aytdilar. Ayni vaqtda bu ish yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, gumondorlar vaqtinchalik hibsga olingan", — ta’kidlashdi muassasada.
Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, gumondorlar boyib ketish maqsadida bir yildan buyon bu ish bilan shug‘ullanib kelishlarini ma’lum qilganlar.

Yangiliklar lentasi
0