Leonardo Di Kaprio nihoyat Oskarni qo‘lga kiritdi

© MARK RALSTON / AFPAkter Leonardo Di Kaprio Oskar mukofoti bilan
Akter Leonardo Di Kaprio Oskar mukofoti bilan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mukofotni olarkan, akter “Tirik qolgan” filmi “hayratomuz kollektiv” ishi natijasida paydo bo‘ldi, dedi.

TOShKENT, 29 fev – Sputnik. Leonardo Di Kaprio "Tirik qolgan" filmi uchun Oskar mukofotiga sazovor bo‘ldi. RIA Novosti AVS telekanaliga asosan.   

Ushbu nominatsiyada Di Kaprio Eddi Remeyn, Mett Deymon, Brayn Krenston va Maykl Fassbenderlar bilan “bellashdi”.

Mukofotni olarkan, akter “Tirik qolgan” filmi “hayratomuz kollektiv” ishi natijasida paydo bo‘ldi, deb o‘z hamkasabalariga minnatdorchilik bildirdi.  

Nutqining so‘ngida Di Kaprio hamaning diqqatini dunyoda sodir bo‘layotgan iqlim o‘zgarishiga yana bir bor qaratdi va “Iqlim o‘zgarishi haqiqatdan ham yuz bermoqda, bu butun dunyo va barcha tirik mavjudotlar uchun haqiqiy tahlikadir”, — dedi akter.

Eslatib o‘tamiz, akter Leonardo Di Kaprio o‘zining “Titanik”, “To‘g‘ri yo‘ldan qaytganlar”, “Boshi”, “Qonli olmoslar”, “Uoll-strit bo‘risi” va boshqa filmlari bilan tomoshabinga tanish. O‘tgan yillar davomida akter besh marotaba Oskarga nomzod bo‘lga edi, lekin biror marta ham mukofotni olishga muvaffaq bo‘lmagan edi.

41 yoshli akter “Tirik qolgan” filmi uchun Di Kaprio “Oltin Globus” va AQSh Kritiklar Assotsiatsiyasi mukofotini ham qo‘lga kiritdi.

Yangiliklar lentasi
0