Moskva xiyobonlari 23-fevralni master-klasslar va dala oshxonalari bilan qarshi oladi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishQrim shimoli-sharqida Favqulodda Holat vakillari dala oshxonalari va palatkalarni o‘rnatildi.
Qrim shimoli-sharqida Favqulodda Holat vakillari dala oshxonalari va palatkalarni o‘rnatildi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vatan himoyachisi kuni Moskvadagi xiyobon, muzey, madaniyat uyi va kutubxonalarda turli bayramona tadbirlar o‘tkazilishi kutilmoqda.

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. 23-fevral — Vatan himoyachisi kuni Moskvadagi xiyobonlar, muzeylar, madaniyat uylarida, kutubxonalarda turli bayramona tadbirlar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, deb xabar beradi Moskva madaniyat departamenti.

"Xiyobonlarda ekskursiyalar, jang san’ati va xokkey uchrashuvlari bo‘yicha master-klasslar o‘tkazishili rejalashtirilgan, ayrim xiyobonlarda ochiq havodagi oshxonalar faoliyat yuritadi, muzeylar esa bayramga atab musiqiy dasturlar va ko‘rgazmalarni tayyorlashgan", xabar qilishdi departamentda.

 

A.Borovik nomidagi xiyobonda bayram kunlari quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi: 19-fevral 15.00da barcha xohlovchilar xiyobonga tashrif buyurib, qo‘lda bayram otkritkalarini yasashni o‘rganib olishlari mumkin, 22-fevral kuni 10.00da esa bu yerda strit-xokkey bo‘yicha turnir o‘tkaziladi. Kolomenskoe muzey-qo‘riqxonada 16-29 fevral kunlari Vatan himoyachilari bilan yelkama-yelka bo‘lgan zamonaviy rassomlar ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.

23-fevral kuni Sokolniki parkida har yili o‘tkaziladigan "Battle sani" — g‘aroyib chanalar festivali o‘tkazilishi kutilmoqda. Xuddi shu kuni Kuzminki parkida lazerli miltiqlardan otib ko‘rish mumkin, Perovskoe xiyoboniga tashrif buyuradiganlar esa instruktorlar rahbarligi ostida toza havoda fitnes bilan shug‘ullanishadi.

Bayram tadbirlari, shuningdek, Gorkiy nomidagi xiyobonda, Fili, Krasnaya Presnya, Severnoe Tushino, Lianozovskiy hamda Voronsovskiy parklarida ham o‘tkaziladi. Bayram kuni “Ermitaj” bog‘iga tashrif buyuradiganlar esa konkida figurali uchishni o‘rganishni istovchilarga master-klass o‘tkaziladi.

 

Yangiliklar lentasi
0