AQSh osmonida Trampni haqoratlovchi yozuvlar paydo bo‘ldi

© YoutubeSamolyotlar milliarder Tramp nomiga samoda haqoratlar yozdilar.
Samolyotlar milliarder Tramp nomiga samoda haqoratlar yozdilar. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kaliforniyada har yili o‘tkaziladigan atirgullar paradida samolyotlar bir soat mobaynida Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp nomiga haqoratlar yozdilar.

TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. Kaliforniyaning Pasaden shtatida o‘tkaziladigan an’anaviy atirgullar paradida beshta samolyot amerikalik milliarder Donald Tramp nomiga havoda haqorat yozdilar, RIA Novosti, Reyter xabariga ko‘ra.

Orkestrlarning an’anaviy tantanali yurishi ushbu kunda 1890-yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Atirgullar paradi ishtirokchilari Pasadena ko‘chalari bo‘ylab yurib borishayotgan bir paytda, samolyotlar ko‘kda Donald Tramp uchun noma bitdilar.

"Amerika buyuk! Tramp – jirkanch.  U prezident bo‘lmasligi kerak", — deyilgan edi osmondagi milliarderga bag‘ishlangan maktubda.

Samolyotlar ushbu mazmundagi maktublarni samoda bir soat davomida yozishgani ma’lum. Parad tashkilotchilari, ushbu norozilik aksiyasi kim tomonidan uyushtirilgani noma’lumligini ta’kidlashmoqda.

Yangiliklar lentasi
0