NASA Marsda kartoshka yetishtirmoqchi

Obuna bo‘lish
Odatda, Mars haqida gap borganida, hududsiz cho‘g‘dek sahro ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Ammo... Ajabo! Amerikaning NASA kosmik tadqiqotlar agentligi Qizil Sayyorada kartoshka yetishtirishini ma’lum qildi.

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Amerikaning NASA kosmik tadqiqotlar agentligi Peruda ro‘yxatdan o‘tgan Xalqaro kartoshka markazi bilan hamkorlikda Marsda kartoshka yetishtirmoqchi, xabar qiladi Sputniknews.

Qanday deysizmi? Gap shundaki, NASA Yerdagi laboratoriyada sun’iy ravishda Mars iqlimini yaratmoqchi. Tadqiqotchilar Peru sahrosi qumidan foydalanish niyatida. Ular qum tarkibidagi karbonad angidrid foizini ko‘paytirib, o‘z rejasini amalda sinab ko‘rmoqchi, xabar qiladi manba.

Qizil sayyorada atrof-muhitni yuzaga keltirishdan tashqari, olimlar, o‘simliklar Marsda o‘sib keta olishi uchun maxsus o‘g‘itlar yaratishlari ham kerak bo‘ladi.

NASA tadqiqotchilari, bundan tashqari, kartoshkaning katta miqdorda suv talab qiladigan va joy tanlamaydigan yangi turini yaratish niyatida. Tasanno, desa arziydi. Sababi, bordiyu tadqiqot kutilgan natijani bermagan taqdirda ham, ular o‘z mehnatiga achinmasliklari mumkin. Yangi turdagi kartoshkani Yer sayyorasining istalgan nuqtasida yetishtirish mumkin bo‘ladi!

Yangiliklar lentasi
0