TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishining birinchi bosqichi 2016-yilda boshlanadi, xabar qiladi Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri, Qirg‘iziston Respublikasi hukumati saytida.
"Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi bizga dengizga yo‘l ochib beradi. Hozirda Xitoy bilan temir yo‘l izi kengligi borasida kelishuv olib borilmoqda",- dedi Temir Sariyev.
Sariyevning aytishicha, Xitoyda temiryo‘llar deyarli barcha regionlarni o‘zaro bir-biri bilan bog‘laydi. Va bu loyiha shubhasiz, iqtisodiyot rivojlanishiga turtki bo‘ladi.
Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi 2016-yilda boshlanadi. Qirg‘iziston Bosh vaziri Temir Sariyevning so‘zlariga qaraganda, ushbu loyihani qisqa fursatda amalga oshirish uchun Xitoy Xalq Respublikasida mablag‘ yetarli.