FRS Qayta moliyalash stavkasini oshirdi

© Commons.wikimedia / Dan SmithVashingtonda Federal Rrezerv sistemasi binosi
Vashingtonda Federal Rrezerv sistemasi binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qayta moliyalash stavkasini oshirish dollar qiymati o‘sishi va rivojlanayotgan iqtisodlardan valyuta oqimi AQShga yo‘l olishiga olib kelishi mumkin.

 

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Federal rezerv sistemasining Ochiq bozorlardagi operatsiyalar qo‘mitasi 2006-yil 29-iyundan beri birinchi marta Qayta moliyalash stavkasini eng past bo‘lgan 0 – 0,25 %dan 0,25 – 0,50 %ga oshirdi, FRS rasmiy matbuot xizmati xabari asosida.

FRS 2006 yildan beri Qayta moliyalash stavkasini eng past darajada saqlab kelgan edi. Bunga AQSh iqtisodiyotidagi krizis sabab bo‘lgandi. FRS past stavka yordamida arzon kreditlar yaratib iqtisodiyotni qayta tiklashga harakat qildi. Judda katta yutuqlarga erishilmagan bo‘lsada, iqtisodning asosiy ko‘rsatkichlari inflyatsiya, uy-joy va mehnat bozori hamda iqtisodiy birliklar xarajatlari kabi ko‘rsatkichlar yaxshilandi va iqtisodda o‘sish belgilari paydo bo‘la boshladi.

17 dekabrdan boshlab stavka o‘rtacha 0,375 %ni tashkil qiladi. Yil davomida oshirilib boradi va 2016-yil oxirida u 1,375% ni tashkil qilishi kutilmoqda. 

Rossiyada ushbu yangilik Dollar va yevro kursining biroz oshishi bilan kutib olindi: dollar — 9 tiyinga va yevro — 5 tiyinga oshdi.

 

Yangiliklar lentasi
0