Qozog‘istonda qirg‘iz oilasi qullikdan ozod etildi

© flickr.com/ Javier AlvarezZanjirli qulf osilgan darvoza.
Zanjirli qulf osilgan darvoza. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oila boshlig‘i besh oy mobaynida podachilik qilgan, uning homilador ayoli esa ertasi kuniyoq sigir sog‘ishga chiqarilgan. Yosh bolalar uyga qamab qo‘yilgan. O‘tgan davr mobaynida oilaga, bo‘lib-bo‘lib, 30 ming tanga(taxminan 97 dollar) ish haqi to‘langan.

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Qozog‘istonda qirg‘iz oilasi mehnat qulligidan ozod qilindi, xabar qiladi Sputnik Qirg‘iziston.

“Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan M.N. ismli shaxs, rafiqasi va uch nafar yosh farzandi bilan joriy yilning 2-iyulida Olma-Ota viloyatiga ishlash uchun yo‘l oladi. Erkakka berilgan va’daga ko‘ra, podachilik qilgan taqdirda, unga oyiga 100 ming tanga (taxminan 325 dollar) maosh to‘lanishi lozim edi.

M.N. oilasi bilan Olma-Otaga kelgach, uni Ibragim ismli shaxs bilan tanishtirishadi. Ibragim M.N.ga oyiga 60 ming tanga ish haqi to‘lashini aytadi.

M.N. besh oy mobaynida podachilik qilgan, uning homilador ayoli esa ertasi kuniyoq sigir sog‘ishga chiqarilgan. Yosh bolalar uyga qamalgan. O‘tgan vaqt mobaynida oilaga bor-yo‘g‘i 30 ming tanga ish haqi to‘langan. U ham bo‘lsa bo‘lib-bo‘lib berilgan”, —xabar qilishdi “Zamondosh” uyushmasida.

Oxiri singlisi vafoti bahonasida M.N. Olma-Otaga yo‘l oladi. Va bu yerda “Zamondosh” uyushmasi vakili Oltinbek Sodiqov bilan uchrashadi.

"Oilaning boshiga tushgan mushkul haqida eshitib, ularni o‘z vataniga qaytarish uchun qirg‘izistonliklar mablag‘ to‘plashdi. Olma-otadagi Qirg‘iziston IIV gi ko‘magi va qo‘llab-quvvatlashi natijasida, oila Qozog‘iston chegarasini hech bir muammosiz kesib o‘tdi”, xabar qiladi “Zamondosh”.

Endilikda M.N. va uning oilasi Olma-Otadagi bosh konsullik ularning besh oy davomida ishlagan pullarini olishda ham ko‘mak berishiga umid bog‘lamoqda.

Yangiliklar lentasi
0