TOShKENT, 26 noya — Sputnik. “O‘zavtoyo‘l” DAK xodimlari Germaniya delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davmida O‘zbekiston va Germaniya yo‘l-qurilishi sohasida hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi, “O‘zavtoyo‘l” matbuot xizmati xabariga ko‘ra.
“O‘zavtoyo‘l” germaniyalik hamkorlarga asfalt-beton zavodlari va yo‘l-qurilish texnikasi yig‘ish borasida qo‘shma korxona tuzishni taklif qildi. Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Germaniya biznesi vakillari ushbu taklif bilan qiziqdilar.
Muzokaralarda Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Naytxard Xefer-Vissing va Iqtisod va energetika vazirligi vakili Bernxard Dux qatnashdi. Undan tashqari O‘zbekistonga Germaniyaning yirik korxonalari rahbarlari tashrif buyurdi: Bomag GmbH, Ammann va boshqalar.
Tomonlar yo‘l-qurilish sohasidagi ikki mamlakat hamkorligini o‘zaro manfaatli deb baholashdi.