Ukraina O‘zbekiston avtomobillariga maxsus boj solig‘i kiritdi

© Sputnik / Igor Russak / Mediabankka o‘tishGeneral Motors zavodi yonidagi avtostoyankada
General Motors zavodi yonidagi avtostoyankada - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu soliq komissiya qarori bilan O‘zbekiston tomonidan Ukrainani diskriminatsiya qiluvchi va nodo‘st hatti-harakatlar aniqlangan zamondan, to ular bartaraf qilingunga qadar kiritiladi.

TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Ukrainaning Muassasalararo Xalqaro Savdo komissiyasi 13-noyabr kuni O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalari uchun maxsus boj solig‘i kiritishga qaror qildi.

Soliq hajmi transport vositasining bojxona narxidan 12,12 % tashkil qiladi. Ukrainaning “Uradovoy kurer” gazetasi xabariga ko‘ra, ushbu soliq O‘zbekiston tomonidan Ukrainani diskriminatsiya qiluvchi va nodo‘st hatti-harakatlarga qarshi chora sifatida kiritilmoqda.

“Maxsus boj solig‘i, komissiya qarori bilan, O‘zbekiston tomonidan Ukrainani diskriminatsiya qiluvchi va nodo‘st hatti-harakatlar aniqlangan zamondan, to ular bartaraf qilingunga qadar kiritiladi”, — deyilgan xabarda.

Qaror nashr etilganidan 10 kundan keyin kuchga kiradi. Uning ta’siri ostiga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan dvigateli hajmi 0 — 3000 kub smgacha bo‘lgan barcha yengil avtomobillar tushadi.

 

Yangiliklar lentasi
0