Rossiyaning “MiG”, “Rossiya vertoletlari”, “Almaz-Antey” va yana yigirmata yetakchi korxonalari Dubai Airshow-2015da qatnashmoqda.
BAA hukumati, Mudofaa vazirligi va Fuqaro aviatsiyasi tashabbusi bilan tashkil qilingan Dubai Airshow ko‘rgazmasi 1989-yildan boshlab o‘tkazilmoqda. Uning mavzusi – qurol yarog‘, harbiy texnika, havo hujumiga qarshi tizimlar, fuqaro aviatsiyasi va texnologiyalar. Bu yil ushbu ko‘rgazma 8-12 noyabrda bo‘lib o‘tdi.
Rossiya ekspozitsiyasi tashkilotchisi – Rostex kompaniyasi, uning birlashgan ko‘rgazmasi maydoni 678 kvadrat metrni tashkil qildi. Ushbu ko‘rgazmada Rossiya 1993-yildan beri qatnashmoqda.
Bu yil Dubai Airshow da dunyoning 50 mamlakatidan 800ta korxona qatnashmoqda. Jumladan BAAdan 234 korxona, AQShdan – 185ta, Buyuk Britaniyadan — 67, Fransiyadan – 55 va Germaniyadan 41 korxona.
"Almaz-Antey" matbuot xizmati xabar berishiga qaraganda korxona 20ga yaqin qurol yarog‘ namunalarini olib kelgan. Jumladan “S-400”, “Buk-M2E”, “Tor” va yang yangi radiolokatsiya tizimlari.
“Rossiya vertoletlari” xoldingi Ka-52 "Alligator", Mi-35M, Mi-28NE "Tun ovchisi" harbiy vertoletlarini namoyish etdi. Ulardan tashqari eng yangi, yengil ko‘p maqsadli vertolet Mi-171A2 va Ka-32A11VS vertoletining o‘t o‘chirishga moslashgan modelini namoyish qildi.