Sudmedekspert: A321 halokati qurbonlari jarohatlari portlash oqibati bo‘lishi mumkin

© MChS RF / Mediabankka o‘tishMisrdagi Airbus A321 aviahalokati bo‘lgan joyda qidiruv ishlari
Misrdagi Airbus A321 aviahalokati bo‘lgan joyda qidiruv ishlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Misrlik ekspertning so‘zlariga qaraganda, qurbonlar shaxsini aniqlash uchun DNK analizi kerak bo‘ladi.

TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Sinay yarim oroli shimolida sodir bo‘lgan aviahalokat qurbonlarining tan jarohatlari, samolyot ichida sodir bo‘lgan potlashga ishorat qilmoqda, dedi Sputnik muxbiriga jasadlarni ko‘zdan kechirgan Misrlik sudmedekspert.

“Ko‘plab alohida tana bo‘laklari topilishi samolyot yerga qulab tushmasdan oldin, uning ichida sodir bo‘lgan kuchli portlashdan darak beradi”, — deydi suhbatdosh.

Ekspertning so‘zlariga qaraganda, ko‘p qurbonlar shaxsini aniqlash uchun DNK analizi qilishga to‘g‘ri keladi.

Rossiyaning "Kogalimavia" kompaniyasiga tegishli bo‘lgan Airbus A321 samolyoti 31-oktabr kuni Sharm el-Sheyx – Sankt-Peterburg yo‘nalishida parvoz qilayotgan vaqtida halokatga uchradi. Samolyot bortida 217 yo‘lovchi va 7 ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0