Shavkat Mirziyoyev: bu yil terilgan paxtaning 98 % oliy va birinchi navli

© Sputnik / Stanislav Koritnikov / Mediabankka o‘tishPaxta xirmoni
Paxta xirmoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika bosh vazirining so‘zlariga qaraganda, bu yil ob-havo yaxshi bo‘lganligi va yig‘im-terim ishlari yaxshi tashkil qilinganligi tufayli yuqori navli paxta hosili yig‘ildi.

TOShKENT, 15 okt — Sputnik. O‘zbekistonda bu yil terilgan paxtanig 98% — oliy va birnchi navli, dedi o‘z nutqida Respublika bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev, XI Xalqaro o‘zbek paxta va tekstil yarmarkasida.

Bosh vazirning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston paxta terimining yillik rejasini bajardi. Bunday yuqori natijalarga yaxshi ob-havo va yog‘ingarchilik bo‘lmaganligi tufayli erishildi.  

“Ob-havo har doim ham bizni bunday xursand qilavermaydi. O‘tgan yilda yig‘im-terim vaqtida yetti marta yomg‘ir yoqqandi, albatta bu paxtaning sifatiga ta’sir ko‘rsatadi” – dedi bosh vazir.

Mirziyoyevning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekistonda paxta sanoati tizimida bosqichma-bosqich o‘zgarishlar kiritilmoqda. Nav tanlash va istiqbolli navlar yaratish borasida ham chuqur ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Paxta yetkizib berish tizimining samarali va optimal yo‘nalishlari yaratilishi natijasida o‘zbek paxta tolasi barcha iste’molchilarga o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda.    

Cotton Outlook indeksiga asoslangan ochiq-oydin narx belgilash tizimini qo‘llash natijasida, raqobat kuchayib borayotgan dunyo bozorida, O‘zbekiston paxtasi yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda.  

"O‘zbekistonning paxtachilik siyosati, paxtani barqaror  miqdorda ishlab chiqarish va kelajakda uning sifat va texnik xususiyatlarini yaxshilashga qaratilgan",- deb so‘zini yakunladi Shavkat Mirziyoyev.   

 

Yangiliklar lentasi
0