Bolani maktabga tayorlashga necha pul kerak

Obuna bo‘lish
Bu o‘quv yilida O‘zbekiston maktablariga 631 ming o‘quvchi birinchi sinfga boradi.

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. O‘zbekistonda, 2-sentabrda yangi o‘quv yili boshlanadi. Bu yil birinchi sinfga 630 mingdan ziyod o‘quvchi boradi. Bolani maktabga tayorlashga necha pul kerakligini bizning infografikada ko‘ring.

Birinchi sinfga borayotgan har bir bolaga prezident sovg‘asi topshiriladi. Bu maktab sumkasi bo‘lib, ichida kerakli darsliklarlar va o‘quv qurollarining hammasi bor.

Maxsus maktab formasi litsey va ixtisoslashgan maktablarda kerak, qolgan maktablarda esa talab oddiy – o‘quvchilardan maktabga kamtarona kiyinib kelish talab qilinadi: oq kuylak bilan to‘q rangli shim.

Agar maktab kiyimi buyurtma berib tikilsa, taxminan 150 sumlar atrofida bo‘ladi. Tayor kiyim bosh sotib olinganda o‘rtacha 250 ming so‘m. Maktab sumkasi kerakli o‘quv qurollari bilan yana 90 ming so‘mgacha boradi.

Yangiliklar lentasi
0