TOShKENT, 31 avg – Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar Yaponiyadan 15 oltin, 8 kumush va 12 bronza medallari bilan qaytib kelishdi, deb xabar berdi “Jahon” axborot agentligi.
O‘zbekistonlik sportchi Xo‘jaqulov “Kumite” turidagi musobaqalarda 13 yoshli sportchilar orasida eng yuqori o‘rinni egalladi. Karatechi Fayzullayev 16-17 yoshlilar guruhidagi barcha sportchilarni yengib oltin medal sovrindori bo‘ldi. 18-20 yoshlilar orasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Istamov ikkinchi o‘rinni egalladi.
Ibrohimov, Boboyev va Abdumutalovlar ham shohsupaning eng yuyuqorisiga chiqishdi. Jahon chempioni unvonini O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zolaridan ikki kishi egalladi: Allambergenova (18-19 yoshlilar orasida) va Boboyeva (12-13 yoshlilar orasida).
Butunjahon Shotokan karate-do federatsiyasi, musobaqa natijalariga asoslanib O‘zbekiston terma jamoasi ustozi Xo‘jaqulovni eng yaxshi trener deb tan oldi.
Butunjahon Shotokan karate-do federatsiyasi vitse-prezidenti va musobaqa tashkiliy qo‘mitasi raisi Xaruo Ueda O‘zbekiston terma jamoasi musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashganini va sport yo‘nalishdagi Yaponiya va O‘zbekiston hamkorligini kengaytirishga tayor ekanligini aytib o‘tdi. Shotokan karate-do chempionatida umumiy hisobda dunyoning 46 mamlakatidan 300dan ziyod sportchi qatnashdi.