Rossiyaning Sibir naqshi ansambli “Sharq Taronalari” festivalida qatnashadi

© Sibirskiy Uzor«Sibirskiy Naqshi” xalq ansambli
«Sibirskiy Naqshi” xalq ansambli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarkandda 25–30 avgustda o‘ninchi xalqaro festival bo‘lib o‘tadi.

Toshkent, 12 avg – Sputnik. Sibirlik ansambl o‘ninchi etnik musiqalar Xalqaro festivali “Sharq Taronalari”da qatnashadi, deb xabar berdi Jahon AA.  

Sibirlik mehmonlar Samarqandda Novosibirsk viloyatining chekka qishloqlarida yozib olingan rus milliy raqs va qo‘shiqlarini ijro etadilar.  

Ansamblning adabiy rahbari Inna Kiseleva Jahon AA korrespondenti bilan bo‘lgan suhbatda, ijodkorlar ushbu musiqa forumida qatnashishdan juda mamnun ekanliklarini bildirdi. Uning gaplariga ko‘ra unchalik uzoq bulmagan tarixiy davr mobaynida Samarqand musiqiy festivali butun jahonda tan olindi.  

““Sharq Taronalari” festivali, shubhasiz, xalqlarni bir biriga bog‘lashga, yerning turli burchaklaridan kelgan qatnashchilar orasida madaniy va gumanitar aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi”, — dedi Kiseleva.  

Ansambl 1982-yilda tuzilgan, 13-yil o‘tib “Xalq Ansambli” nomini olgan. Ijodiy jamoa Rossiyada, Belorussiyada, Ukrainada va boshqa mamlakatlarda o‘tkazilgan turli xil folklor festivallarda faol qatnashib kelmoqda. Omsk va Kemerovoda utkazilgan “Ona qishloq kuylaydi”, “Trosk sayli”(Yaroslavl), “Urf-odatlar”(Krasnoyarsk), “Jarangdor yoz”(divnogorsk), “Rossiya buloqlari” (Cheboksari) festival va konkurslarning laureati. 

“Sharq Taronalari” har ikki yilda bir marta Samarqand shahrining Registon maydonida o‘tkaziladi. 25 da 30 avgustgacha o‘tkaziladigan o‘ninchi festivalida dunyoning 50dan ortiq mamlakatidan kelgan bir necha yuzlab ishtirokchilar qatnashadi. 


Yangiliklar lentasi
0