Xivada Xorazm tarixi muzeyi ochiladi

Obuna bo‘lish
Ma’mun akademiyasida Xorazm tarixi muzeyi ochiladi.

Toshkent, 3 avg — Sputnik. O‘zbekturizm xabariga ko‘ra, Ma’mun akademiyasi, Urgench Davlat Universiteti xodimlari xamda Ichan-Qala muzey-qo‘riqxonasi xodimlari yangi muzey ochish ustida ishlashayapti.
O‘zbekturizm xabar berishiga ko‘ra, Ma’mun akademiyasida Xorazm tarixi muzeyi ochiladi. 
Muyzeyda xozirgi Xorazm viloyati hududida Xorazmiylar sivilizatsiyasining rivojlanishini kursatuvchi arxelogik topilmalar xamda yozma ma’lumotlar keltirilgan.  Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlar Xorazmiylar tarixi xamda butun O‘zbekiston tarixining eng yorqin lavhalari bilan bilan tanishish imkoniga ega buladilar.
Ichan-Qala va boshqa tarixiy yodgorliklar — bu mashhur Xorazmiylar sivilizatsiyasi tarixining qisqa davrini qamrab oladi. Aynan shu sababdan muzey ko‘rgazmasi tarkibiga xorazmiylar sivilizatsiyasi rivojlanishining boshqa davrlarini qamrab oladigan arxelogik topilmalar va yozma ma’lumotlar keltirilgan.
Xiva o‘zining tarixiy kurinishini to‘liq saqlab qolgan ochiq osmon ostidagi noyob muzey bulib, Urta Osiyoning rostakam sayohlik durdonasidir. 1990-yilda YuNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan Xivaning Ichan-Qala muzey-qo‘riqxonasi butunjahon tarixiy yodgorliklar ro‘yxatiga kiritildi.

Yangiliklar lentasi
0