TOShKENT, 2-may – Sputnik. Pentagon vakili Shon Parnell RIA Novosti agentligiga Pentagonning bir yil ichida Germaniyadan 5000 amerikalik qo‘shinni olib chiqish to‘g‘risidagi qarorini tasdiqladi.
"Harbiy kotib (Pit Xegset - tahr.) Germaniyadan taxminan 5000 nafar qo‘shinni olib chiqishni buyurdi. Bu qaror Departamentning Yevropadagi kuchlar holatini batafsil ko‘rib chiqqandan so‘ng qabul qilindi va operatsiyalar teatri talablari, shuningdek, yerdagi vaziyat bilan belgilanadi", - dedi Parnell RIA Novosti so‘roviga javoban.
Pentagon shuningdek, qo‘shinlarni olib chiqish olti-o‘n ikki oy davom etishini tasdiqladi. Hozirda Germaniyada 38 000 amerikalik askar joylashgan.
Oldinrov Reuters agentligi AQSh urush vaziri Pit Xegset Germaniyadan qo‘shinlarni olib chiqish haqida buyruq bergani haqida xabar qilgan edi. News Nationning Vashingtondagi muxbiri Kelli Meyer manbalarga tayanib xabar berishicha, qo‘shinlarni olib chiqish qarori Vashingtonning Yevropa ittifoqchilari AQSh prezidenti Donald Tramp kutgan "sodiqlik darajasini ko‘rsatmayotgani" bilan bog‘liq.
Tramp payshanba kuni Germaniyadagi Amerika kuchlarini kamaytirish imkoniyatini ko‘targan edi. Ikki kun oldin u Germaniya kansleri Fridrix Mersni Eron urushidagi pozitsiyasi uchun qattiq tanqid qilib, u nima haqida gapirayotganini mutlaqo tushunmasligini da’vo qilgan edi.
Oldinroq Mers AQShning Eronga qarshi harbiy harakatlariga mutlaqo qarshi bo‘lganini va Trampni ikki marotaba to‘xtatishga uringanini aytgan edi. Shuningdek Germaniya kansleri Ho‘rmuz AQSh va Isroil harakatlari oqibatlaridan Yevropa Ittifoqi zarar ko‘rayotganini ta’kidlagan edi. Bir necha kun oldin esa Mers Eron muzokarlarda ham "AQShni sharmandalarcha mag‘lub qilganini" aytgan edi.

NATOdagi ittifoqchilari AQShning Eronga hujumini qo‘llab-quvvatlamaganidan AQSh DOnald Tramp AQSh NATOdan chiqishini jiddiy ko‘rib chiqayotganini e’lon qildi. U ittifoqchilarning bu harakatini "o‘chmas dog‘" deb atadi va Qo‘shma Shtatlar NATO mamlakatlaridan yordamga muhtoj emasligini, ular esa, uning so‘zlariga ko‘ra, buni to‘xtatish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilayotganini ta’kidladi.