TOShKENT, 1-may — Sputnik. Samarqand shahrida 1-maydan jamoat transportida naqd pul orqali to‘lovdan to‘liq voz kechildi.
Endi avtobus, elektrobus va tramvaylarda yo‘lkira faqat bank kartasi, ATTO transport kartasi, ilova hamda QR-kodli chipta orqali to‘lanadi.
Qabul qilingan qarorga ko‘ra, 1-maydan yo‘lkira haqi quyidagicha belgilangan:
naqd pul (QR-kodli chipta) orqali to‘langanda – 4 000 so‘m;
transport yoki bank kartasi orqali to‘langanda – 2 000 so‘m.
Sputnik muxbirining xabar berishicha, bugun elektrobus haydovchilari vaqtinchalik istisno tariqasida yo‘lkirani bank kartasi yoki QR-kod orqali to‘lash imkoni bo‘lmagan yo‘lovchilarni bepul tashimoqda.