Yirik investitsiya loyihalariga yer uchastkalarini ajratish soddalashtiriladi

Sputnik
TOShKENT, 1may — Sputnik. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasidagi yirik investitsiya loyihalariga yer uchastkalarini ajratish jarayonlari soddalashtiriladi
Prezident farmoniga ko‘ra, yer uchastkalarini paxtachilik va g‘allachilik ixtisosligi bo‘yicha ijaraga olgan subyektlar jami yer uchastkasining 50 foiz qismiga nisbatan ijara huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechganda yer uchastkasining o‘zida qoladigan qismi uchun yangi tizimda belgilangan huquqlar, majburiyatlar va yangidan 49-yilga ijara huquqiga ega bo‘ladi va bunda subyektlarning:
qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun tijorat banklaridan olingan kredit va soliqlardan qarzdorligi bo‘lmasligi;
yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqlari tijorat banklariga garov ta’minoti sifatida qo‘yilmagan bo‘lishi talabi qo‘yiladi.
Qiymati kamida 10 mln AQSh dollari ekvivalentida eng yaxshi taklifni tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari:
mahalliy investorlarga 49-yil muddatga va “Ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligi yerlariga xizmat ko‘rsatish direksiyasi”ga 25-yil muddatga Vazirlar Mahkamasi tomonidan (Qoraqalpog‘istonda 2027-yil 31-dekabrga qadar Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi tomonidan ham) belgilangan tartibda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga beriladi.
2027 yildan sholi yetishtirishda an’anaviy (sepma) usuldan to‘liq voz kechib, sholini faqat lazerli tekislangan maydonlarga ko‘chat usulida hamda zamonaviy don ekish seyalkalari orqali ekish tartibi joriy etiladi.
Yer va mol-mulk solig‘i qarzi 1 mln so‘mdan oshganlarga elektr uchun to‘lov qilish cheklanadi