O‘zbekiston va YeOII

Armaniston YeOII va Indoneziya o‘rtasidagi ESBni ratifikatsiya qilishni ma’qulladi

YeOII mamlakatlari o‘tgan yil oxirida Indoneziya bilan erkin savdo to‘g‘risida bitim imzolagan.
Sputnik
TOShKENT, 1-may — Sputnik. Armaniston hukumati Yevroosiyo iqtisodiy Ittifoqi (YeOII) va Indoneziya o‘rtasidagi erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni (ESB) ma’qulladi.
Hujjat respublika parlamentiga ratifikatsiya qilish uchun yuborilgan. Shartnoma tovarlarning katta qismi uchun bojxona to‘lovlarini nolga tushirish yoki kamaytirishni o‘z ichiga oladi.
“Bitim Indoneziya bozorida YeOIIga a’zo davlatlar tovarlarining raqobatbardoshligini sezilarli darajada oshirishi, shu bilan Indoneziyaga tovarlar eksportini oshirishi va savdog‘iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishi kutilmoqda", deyiladi hujjat matnida.
2025 yil 21-dekabrda Sankt-Peterburgda YeOII mamlakatlari Indoneziya bilan erkin savdo to‘g‘risida bitim imzoladi.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi savdo vaziri Andrey Slepnyov bojlarning mutlaq pasayishi YeOIIning Indoneziya bilan taxminan 3 milliard dollarlik savdosiga ta’sir qilishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bitim kuchga kirgandan keyingi uch-besh yil ichida mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash ikki baravar ko‘payishi kerak.
Slepnyov Indoneziyaga qishloq xo‘jaligi va sanoat guruhlari tovarlari bo‘yicha yetkazib berish sezilarli darajada o‘sishini taxmin qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi savdo rejimi doirasida Indoneziya tomoni tovar nomenklaturasining 90 foiziga nisbatan imtiyozli kirish huquqini beradi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston YeOII Yagona bojxona tranziti tizimiga qo‘shilishga tayyorlanmoqda