Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya armiyasi ikki qishloqni nazoratga oldi: ularning biri UQK mudofaa tizimiga kirgan

Ozod qilingan Korchakovka Ukraina Qurolli kuchlarining mustahkamlangan mudofaa tizimiga kirgan qishloqlardan biri bo‘lgan
Sputnik
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Sumi viloyatidagi Korchakovka va Donesk Xalq Respublikasidagi Novoaleksandrovka qishloqlarini nazoratga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Shimol” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari faol harakatlar natijasida Korchakovka aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatgan, “Markaz” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari esa Novoaleksandrovka aholi punktini ozod qilgan.
Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, “Shimol” guruhi motoo‘qchilari artilleriya va zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparatlari ko‘magida Korchakovkaga kirib, aholi punktida o‘rnashib olgan.
Harbiylar Ukraina kuchlarining o‘t ochish nuqtalarini yo‘q qilib, ularni aholi punktidan tashqariga siqib chiqargan.
Rossiya Mudofaa vazirligi “Shimol” qo‘shinlari guruhining faol harakatlari Ukraina kuchlarini davlat chegarasidan uzoqlashtirayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, Korchakovka frontning ushbu qismida Ukraina Qurolli kuchlarining mustahkamlangan mudofaa tizimiga kirgan ikkinchi aholi punkti bo‘lgani qayd etildi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari Sumi viloyati va DXRdagi ikki Novodmitrovkani nazoratga oldi