TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Sumi viloyati va DXRdagi Novodmitrovka nomli ikki aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, “Shimol” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari faol harakatlar natijasida Sumi viloyatidagi Novodmitrovka aholi punktini nazoratga olgan.
“Janubiy” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari esa Donesk Xalq Respublikasidagi shu nomdagi aholi punktini ozod qilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Sumi viloyatidagi Novodmitrovkada 34-alohida gvardiya motoo‘qchi brigadasi harbiylari harakat qilgan. Ular artilleriya va zarba beruvchi dronlar qo‘llab-quvvatlovida aholi punktiga kirib, u yerda mustahkamlangan.
Vazirlikda Novodmitrovka ustidan nazorat o‘rnatilishi Rossiya chegarasi bo‘ylab xavfsizlik mintaqasini kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, “Shimol” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari Sumi va Xarkov viloyatlari yo‘nalishlarida xavfsizlik mintaqasini yaratish bo‘yicha harakatlarni davom ettirayotgani qayd etildi.