TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Qozog‘istonda sun’iy intellekt 2035-yilgacha 4 million kishining ish o‘rniga ta’sir qilishi mumkin. Bu haqda Qozog‘iston Majilisi raisining o‘rinbosari Daniya Yespayeva Mehnat vazirligi ma’lumotlariga tayanib ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt ta’sirida Qozog‘istonda 562 ta kasb o‘zgarishi mumkin. Bu taxminan 4 million kishining ish o‘rniga, ya’ni mamlakatdagi ish bilan band aholining qariyb 44 foiziga ta’sir qiladi.
Shuningdek, 46 ta kasb bo‘yicha ish o‘rinlari qisqarishi ehtimoli bor. Yana 14 ta kasb butunlay yo‘qolishi mumkin.
Yespayeva sun’iy intellekt va iqtisodiyotning turli sohalari kesishuvida yangi mutaxassisliklar ham paydo bo‘layotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, bunday sharoitda oliy ta’lim tizimi raqamlashtirish va avtomatlashtirish davrida ishlay oladigan kadrlar tayyorlashi kerak.
Shu bilan birga, Qozog‘iston II va raqamli rivojlanish vazirligi ommaviy ishsizlik yoki keng ko‘lamli ishdan bo‘shatishlar kutilmayotganini bildirgan. Vazirlik vakiliga ko‘ra, mehnat bozorida asosan qayta tuzilish jarayoni kechadi, ayrim xodimlar esa raqamlashtirish bilan bog‘liq yangi yo‘nalishlarga o‘tishi mumkin.