Haj–2026: narx va O‘zbekiston uchun kvota soni ma’lum qilindi

Bu yil bir nafar ziyoratchi uchun Haj to‘lovi 77 mln 73 ming so‘mni tashkil qiladi. Mablag‘ safarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarga yo‘naltiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Bu yil bir nafar ziyoratchi uchun Haj ziyorati to‘lovi 77 million 73 ming so‘mni tashkil qiladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish markazi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
Idora matbuot xizmatiga ko‘ra, bu yil ham O‘zbekiston uchun Haj ziyoratiga 15 mingta kvota ajratilgan.
Qonunchilikka ko‘ra, Haj va Umra tadbirlari uchun to‘lovlar Saudiya Arabistonida har bir ziyoratchi uchun shartnoma asosida sarflanadigan xarajatlar, aviachiptalar, tibbiy dori qutichasi uchun dori vositalari, qo‘llanma, ziyoratchilar kamzuli, sumka va boshqa xarajatlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
2026 yilda Haj mavsumi Saudiya Arabistonida yangi tartiblar asosida o‘tkaziladi. Jumladan, 13-apreldan boshlab Makkaga kirish uchun maxsus ruxsatnoma talab qilinadi, faqat Haj vizasi yoki tegishli rasmiy ruxsatnomasi bor shaxslar shaharga kiritiladi.
Haj–2026 mavsumi 2-maydan boshlanadi