Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari Zemlyanki va Ilinovka ustidan nazorat o‘rnatdi

Zemlyankidagi janglarda shturm guruhlari, dronlar va artilleriya qo‘llangan.
Sputnik
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyatidagi Zemlyanki va DXRdagi Ilinovka aholi punktlari ustidan nazorat o‘rnatdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Zemlyanki uchun janglarda “Shimol” qo‘shinlar guruhi tarkibidagi 69-motoo‘qchi diviziya shturm guruhlari ishtirok etgan. Harbiylar aholi punkti hududidagi o‘t ochish nuqtalari, tayanch pozitsiyalar va zaxiralar yo‘nalishiga zarbalar bergan.

Janglar davomida uchuvchisiz tizimlar qo‘shinlari, artilleriya quroli va zarba beruvchi dronlar faol qo‘llangan. Ular o‘t ochish nuqtalari, tayanch punktlari va harakatlanayotgan zaxiralarni yo‘q qilgan.

Aholi punktidan ukrain bo‘linmalari siqib chiqarilganidan so‘ng harbiy xizmatchilar binolar va yerto‘lalarni tekshirishga kirishgan. Muhandislik guruhlari esa hududni portlovchi moddalardan tozalash ishlarini boshlagan.
Rossiya tomoni Zemlyanki ustidan nazorat o‘rnatilishi chegara bo‘ylab xavfsizlik hududini kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.
Donesk Xalq Respublikasidagi Ilinovka aholi punktini “Janubiy” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari ozod qildi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari Sumi viloyati va DXRda ikkita qishloqni nazoratga oldi