Jahon kubogidan medallar bilan qaytgan o‘zbekistonlik merganlar tantanali kutib olindi

Unda O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Misrda o‘q otish bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogida medallar qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik sportchilar Toshkentda tantanali kutib olindi.
Musobaqa 19–27 aprel kunlari Misr poytaxti Qohirada bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
10 metr masofaga to‘pponchadan otish bahslarida Sodiqjon Abdullayev kumush medalga sazovor bo‘ldi. 10 metrga pnevmatik miltiqdan otishda Jovohir Sohibov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, 50 metr masofaga pnevmatik miltiqdan 3 xil holatda otish bahslarida Nikita Sokolov bronza medali bilan taqdirlandi.
Musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi 10 nafar sportchi va 2 nafar murabbiy bilan ishtirok etdi. Sportchilar Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston O‘q otish federatsiyasi vakillari tomonidan kutib olindi.
O‘q otish: Kamalov va Saidqulova jahon rekordi bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi