O‘ttiz yildan ortiq xizmat qilgan harbiylar pensiyasi oshishi mumkin

Yangi tartib bilan pensiya ish haqining 75 foizi emas, to‘liq miqdori asosida hisoblanadi.
Sputnik
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 30-yildan ortiq xizmat qilgan harbiylar pensiyasini oshirishga qaratilgan qonun loyihasi ma’qullandi.
Unga ko‘ra, bunday harbiylar pensiyasini hisoblashda ish haqining 75 foizi emas, to‘liq miqdori asos qilib olinishi mumkin.
Bundan tashqari, pensiyani hisoblashda qo‘llanadigan yuqori chegara ham oshirilishi taklif etilmoqda. Hozir hisob-kitob bazaviy miqdorning 10 baravarigacha bo‘lgan summa asosida amalga oshirilsa, yangi tartibda bu chegara 12 baravargacha ko‘tarilishi mumkin.
Bu ayrim harbiy xizmatchilar pensiyasi yuqoriroq hisoblanishiga xizmat qiladi.
O‘zgarishlar “Harbiy xizmatchilarning va ularning oila a’zolarining davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun loyihasida nazarda tutilgan. Hujjat deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Mudofaa doktrinasi yangilanadi — Shavkat Mirziyoyev armiyani rivojlantirish yo‘nalishini belgiladi