TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Sumi viloyatidagi Taratutino hamda DXRdagi Ilichovka qishloqlari ustidan nazorat o‘rnatdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, “Shimol” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari faol harakatlar natijasida Taratutino aholi punktini nazoratga olgan.
Shuningdek, Sumi viloyatining Miropolye, Novaya Secha va Korchakovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining ikkita brigadasi hamda hududiy mudofaa brigadasi tuzilmalariga zarba berilgan.
Xarkov viloyatining aholi punktlari hududlarida esa Ukraina Qurolli kuchlarining ikkita mexanizatsiyalashgan va motoo‘qchi brigadasi, hujum polki hamda Milliy gvardiya brigadasi shaxsiy tarkibi va texnikasiga talafot yetkazilgan.
“G‘arb” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari qat’iy harakatlar natijasida Ilichovka aholi punktini ozod qilgan.
Shuningdek, Xarkov viloyati va DXRdagi aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining ikkita mexanizatsiyalashgan, aeromobil va hujumkor brigadalari hamda hududiy mudofaa brigadasi tuzilmalariga qaqshatqich zarba berilgan.