Kirov ishlab chiqaruvchilarining O‘zbekiston bozori uchun eng yaxshi mahsulotlari
Kirov viloyati kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga sanoat uskunalari, elektromagnitlar va avtonom o‘t o‘chirish qurilmalarini taklif qilmoqda.
SputnikKirov viloyati xalqaro maydonda o‘z mavqeyini ishonch bilan mustahkamlab bormoqda va bunda mintaqaning Eksportni qo‘llab-quvvatlash markazining o‘rni katta. Uning tizimli faoliyati tufayli mahalliy korxonalar xorijiy bozorlarga, jumladan, jadal rivojlanayotgan O‘zbekiston bozoriga chiqishda keng qamrovli yordam olmoqda.
Kirov ishlab chiqaruvchilari an’anaviy sifat va zamonaviy texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan noyob mahsulotlarni taklif etmoqda. Bugun biz o‘quvchilarimizni Kirovning ikkita kompaniyasi va ularning innovatsion mahsulotlari bilan tanishtiramiz.
"DimAl" kompaniyalar guruhi 2000-yildan beri yuk ko‘taruvchi elektromagnitlar, elektromagnitli temir ajratkichlar, kuchlanish o‘zgartirgichlari hamda maxsus yuk qamrash uskunalarini ishlab chiqish, tayyorlash va ta’mirlashga ixtisoslashgan.
Kompaniya seriyali yechimlardan tortib, mijozlarning individual talablari asosida yaratilgan uskunalargacha bo‘lgan keng turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Zamonaviy texnik baza murakkab ta’mirlash ishlarini bajarishga, texnikaning foydalanish xususiyatlarini yaxshilashga va uning og‘ir sharoitlarda ishonchli ishlashini ta’minlashga imkon beradi.
Mahsulotlar butun Rossiya bo‘ylab, MDH mamlakatlariga va uzoq xorijga yetkazib beriladi. Texnologiyalarning doimiy takomillashtirib borilishi, zamonaviy payvandlash yechimlari va magnit maydonlarini modellashtirish dasturlarining qo‘llanilishi esa mahsulot sifatining yuqori darajasini saqlab turishga yordam beradi.
“Kompaniyaning asosiy maqsadi – buyurtmachilarga shunchaki uskuna emas, balki korxonalar samaradorligi va unumdorligini oshiruvchi kompleks muhandislik yechimlarini taklif etish, – deydi marketing bo‘limi boshlig‘i Andrey Ostanin. – Mahsulotlarning ishonchliligi, texnologikligi va real ishlab chiqarish vazifalariga moslashtirilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda”.
"DimAl" KG —oilaviy kompaniya bo‘lib, unda bir necha avlod vakillari ishlab kelmoqda. Xodimlarning umumiy soni 300 kishiga yaqin. "DimAl" KG umumiy maydoni 16 000 m² dan ortiq bo‘lgan uchta ishlab chiqarish maydoniga ega. Kompaniya 50 tadan ortiq rasmiy patent sohibi bo‘lib, CE, EAC, ISO 9001, “Rossiyada ishlab chiqarilgan” sertifikatlariga muvofiq. Mahsulotlar portfeli 10 000 tadan ortiq mahsulot turlarini o‘z ichiga oladi. "DimAl" KG o‘zining konstruktorlik burosi va avtoparkiga, shuningdek, mahsulotlar quyiladigan va qora metall parchalari qayta ishlanadigan quyish sexiga ega.
“Keng ko‘lamli qurilishlar, tog‘-kon sanoatining o‘sishi, sanoat korxonalarining modernizatsiya qilinishi va logistikaning faol rivojlanishi tufayli O‘zbekiston bozori Rossiyaning yuk ko‘tarish sanoati uchun nihoyatda jozibadordir. Kran, travers, greyfer, elektromagnit, uzluksiz quvvat manbalarini yetkazib berishni talab etadigan investitsiyaviy loyihalar yuqori talabni shakllantirmoqda. Shuning uchun biz respublikada mahsulotlarimizga bo‘lgan talab barqaror o‘sishda davom etishiga umid qilamiz”, – dedi Andrey Ostanin.
KCCC GROUP yirik mintaqaviy ishlab chiqarish-kimyo kompaniyalari guruhi tarkibiga kiruvchi “STRADA” kompaniyasi 2007-yildan beri bozorda faoliyat yuritadi. Kompaniya dala hovli egalari va bog‘bonlar uchun “JOY” hamda “JOY GARDEN” savdo belgilari ostida o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilish vositalari va stimulyatorlar ishlab chiqaradi. “FINFIRE” avtonom yong‘in o‘chirish vositalari liniyasi kompaniyaning innovatsion ishlanmalaridan biridir.
“Barchasi 2015-yilda Kirovo-Chepesk “Agroximikat” zavodida FINFIRE ABCE innovatsion o‘t o‘chirish kukuni ishlab chiqilganidan boshlandi. Shundan so‘ng, uning asosida noyob mahsulot – "FINFIRE" brendi ostida o‘zimiz ishlab chiqargan, avtomatik tarzda ishga tushadigan va hamma uchun hamonbop o‘t o‘chirgichlarni yaratish g‘oyasi tug‘ildi", — deydi "FINFIRE" yo‘nalishi rahbari Roman Ogorodnikov.
Zavodda 2018-yilda birinchi bo‘lib “SFERA” o‘t o‘chirgichi ommaviy ishlab chiqarishga yo‘lga qo‘yildi, so‘ng uning “TAB”, bir necha yildan keyin esa “KUPOL” modifikatsiyalari paydo bo‘ldi. 2026-yilning may oyida yana 3 ta yangi qurilma – ixchamroq o‘lchamlari bilan ajralib turadigan “SFERA mini”, “TAB mini” hamda “KUB” modifikatsiyasini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Qurilmalar shakli, o‘chirish hajmi va mahkamlash usuli bilan bir-biridan farqlanadi.
Barcha qurilmalar polistirol korpusdan iborat bo‘lib ichida "FINFIRE ABCE" o‘t o‘chirish kukuni solingan. Qurilmalar korpusining qirralari bo‘ylab olov o‘tkazuvchi shnur o‘tadi, u olov bilan to‘qnashganda qurilmani avtomatik tarzda faollashtiradi va o‘t o‘chirish kukunini chiqarib yuboradi. Bu 5 kub metrgacha bo‘lgan hajmdagi olovni tezda o‘chirishga yordam beradi, qurilmalarning xizmat muddati – 5-yil.
"FINFIRE" qurilmalari qayta quvvatlash va texnik xizmat ko‘rsatishni talab qilmaydi, ulardan foydalanish esa shu qadar oddiyki, hatto maxsus tayyorgarligi bo‘lmagan kishi ham buni uddalay oladi. Bundan tashqari, o‘t o‘chirish kukuni atrof-muhit, odamlar va hayvonlar uchun zararsiz bo‘lib, o‘t o‘chirgichlar ishga tushganda qars ovozini chiqarib, yong‘in boshlanganidan darak beradi.
Qurilmalar keng qo‘llanish doirasiga va yong‘in o‘chirishning 4 ta sinfiga (A, V, C, E) ega bo‘lib, xonadon va uylardan tortib, yirik ishlab chiqarish korxonalari va omborxonalar kabi har qanday binolarga mosdir.
Barcha o‘t o‘chirgichlar Rossiya FVV FDBM BOHQITI (Favqulotda vaziyatlar vazirligining Butunrossiya yong‘indan himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti) “POJTEST” majburiy sertifikatiga ega. Kompaniya “Rossiyada ishlab chiqarilgan” sertifikati sohibidir.
“FINFIRE" mahsulotlari butun Rossiya bo‘ylab taqdim etilgan. Marketpleyslar va yirik savdo tarmoqlari kompaniyaning hamkorlaridir. Shuningdek, mahsulotlar Bojxona ittifoqi mamlakatlari va yaqin xorijga eksport qilinadi. Umid qilamizki, o‘t o‘chirgichlarimiz O‘zbekiston bozorida ham keng tanilib, talabga ega bo‘ladi”, — deya so‘zini yakunladi Roman Ogorodnikov.
Material tijoriy shartlar asosida e’lon qilindi.