“Rosatom”: kadrlar tayyorlash O‘zbekiston atom energetikasi uchun poydevor yaratadi

"O‘zatom"da kadrlar tayyorlash bo‘yicha Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. “Rosatom” va “O‘zatom” mutaxassislari O‘zbekiston atom sanoati uchun kadrlar tayyorlash masalalarini muhokama qildi. Bu haqda “Rosatom” matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Atom energiyasi agentligida kadrlar tayyorlash bo‘yicha Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mart oyida imzolangan atom va turdosh sohalarda hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda kadrlar tayyorlash bo‘yicha mamlakat rejasi loyihasi, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va ularni bosqichma-bosqich joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, MMFI" Milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent shahridagi filialida ta’lim dasturlarini rivojlantirish, filial o‘qituvchilarining “Rosatom” texnika akademiyasida “Train the trainers” kurslari orqali malakasini oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
“Rosatom” bosh direktori o‘rinbosari Tatyana Terentyevaning ta’kidlashicha, kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik O‘zbekistonda atom energetikasini rivojlantirish uchun zarur mutaxassislar bazasini shakllantirishga xizmat qiladi.
"Rosatom" va "O‘zatom" sohada ayollar o‘rnini kengaytirish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi