Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Xarkov viloyatidagi Bochkovo aholi punkti Rossiya nazoratiga o‘tdi

Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina harbiy sanoat majmuasi va port infratuzilmasiga zarba berdi.
Sputnik
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. "Shimol" kuchlar guruhining hujumchi brigadalar Xarkov viloyatidagi "Bochkovo" qishlog‘ini egallab oldi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.

"Asosiy maqsad okoplarni egallab olish edi. Keyin esa ularni asosiy kuchlarga topshirish edi. Biz istehkomni egallab oldik. O‘ndan ortiq Ukraina askarlari yo‘q qilindi", - dedi chaqiruv belgisi "Pulya" bo‘lgan qo‘mondon.

Hujumdan oldin askarlar razvedka ma’lumotlari asosida jangovar operatsiyalarni mashq qilishdi. Ular joy relyefi va Ukina askarlarining harakat yo‘nalishlarini va o‘q otish pozitsiyalarini oldindan bilar edi, deb ta’kidladi Pulya.
Selo "Bochkovo" pereshlo pod kontrol rossiyskiy voysk
Mudofaa vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi hafta ichida "Shimol" kuchlar guruhi Veterinarnoe qishlog‘ini nazoratga oldi va 1300 dan ortiq UQK askarlari, sakkizta zirhli jangovar mashina, 96 ta mashina, sakkizta dala artilleriya qurollari, 13 ta elektron kurash stansiyalari hamda 71 ta o‘q-dori, yoqilg‘i va ta’minot omborlarini yo‘q qildi.

O‘tgan sutka davomida Ukraina Qurolli kuchlari jami 1125 nafar harbiy xizmatchilari, 3ta tanki, 4ta dala artillerya qurollari, 38ta harbiy avtomobil va 256ta uchuvchisiz apparatlarini yo‘qotdi.