TOShKENT, 25 apr — Sputnik. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 2026-yilning yanvar–mart oylarida iste’molchilardan kelib tushgan arzlar tahlilini e’lon qildi.
Unga ko‘ra murojaatlar asosiy qismi quyidagi sohalarga oid:
29,3 % — kommunal xizmatlar,
29,3 % — savdo sohasi,
8,6 % — gaz ta’minoti,
5,3 % — elektr ta’minoti,
4,6% — xizmat ko‘rsatish,
3,7 % — suv ta’minoti.
Bundan tashqari, aloqa va internet xizmatlari (1,9%), transport (1,9 %) hamda sog‘liqni saqlash (1,6 %) sohalari bo‘yicha ham murojaatlar qayd etilgan. Qolgan 14 foiz murojaatlar boshqa turli sohalarga tegishli.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu davr mobaynida fuqarolardan jami 4 146 ta murojaat kelib tushgan va ularning 3 962 tasi (95,6%) ijobiy hal etildi, deyiladi hisobotda.
Ko‘rilgan choralar natijasida iste’molchilar foydasiga 27,3 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilinib undirilgan.
Shuningdek, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida 86 ta murojaat asosida sud organlariga da’vo arizalari kiritilgan.
Shuningdek, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida 86 ta murojaat asosida sud organlariga da’vo arizalari kiritilgan.