TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Norvegiya hukumati juma kuni 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlovchi qonun loyihasini taqdim etadi, deb xabar qilmodqa mahalliy OAVlar.
"Ushbu qonunni kiritishimizdan maqsad — biz bolalar bolaligicha qoladigan bolalikni xohlaymiz. O‘yin, do‘stlik va kundalik hayot algoritmlar va ekranlar tomonidan o‘g‘irlanmasligi kerak", dedi Norvegiya Bosh vaziri Yonas Gar Störe.
Foydalanuvchilarning yoshini tekshirish mas’uliyati texnologik kompaniyalar zimmasiga yuklatildi.
Norvegiya yosh cheklovlarini joriy etgan birinchi Yevropa mamlakatlaridan biri. Fransiya, Ispaniya va Daniya ham ijtimoiy tarmoqlarda yosh cheklovlarini joriy etish rejalarini e’lon qilishdi.
Yevropa Komissiyasi ham bolalar va o‘smirlarni himoya qilish choralarini ko‘rishga sodiqligini e’lon qildi. Aprel oyining o‘rtalarida u ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining yoshini tekshirish uchun ilovani taqdim etdi.
Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni Turkiya ham 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqilashini e’lon qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni Turkiya ham 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqilashini e’lon qilgan edi.
Avstraliyada 2025-yil 10-dekabridan boshlab xuddi shunday qonun kuchga kirgan. U yerda barcha ommaviy ijtimoiy tarmoqlar (Facebook*, Instagram*, Threads, X, YouTube, Snapchat, Reddit, Kick, Twitch va TikTok) -16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish ta’qiqlangan. Qoidabuzar kompaniyalar uchun $33 mln jarima belgilangan.
*Rossiyadan taqiqlangan Meta* kompaniyasi mahsuloti
*Rossiyadan taqiqlangan Meta* kompaniyasi mahsuloti