Samarqandda bilyard bo‘yicha JCh o‘tmoqda: ishtirokchilar orasida 19 karra jahon chempioni bor

Samarqandda bilyard bo‘yicha jahon chempionati o‘tmoqda, unda turli davlatlardan 150 dan ortiq sportchi ishtirok etmoqda. Ishtirokchilar orasida 19 karra jahon chempioni Diana Mironova ham bor
Sputnik
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Silk Road Samarkand sayyohlik majmuasida bilyard bo‘yicha jahon chempionati o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Tojikiston va boshqa davlatlardan 150 dan ortiq sportchi ishtirok etmoqda, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
“Har bir davlat 20 nafargacha sportchi bilan ishtirok etadi, Rossiya va O‘zbekiston bundan ancha ko‘p”, — dedi Xalqaro piramida konfederatsiyasi bosh kotibi, Rossiya bilyard sporti federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Yakov Firsov.
V Samarkande proxodit chempionat mira po bilyardu
Musobaqada O‘zbekiston sharafini qariyb 30 nafar o‘yinchi himoya qilmoqda. Ular orasida Jamoliddin Qo‘chqorov, Nodir Mirzayev va Zuhriddin Hoshimov kabi taniqli bilyardchilar bor.
Rossiyadan kelgan ishtirokchilar haqida gapiradigan bo‘lsak, Samarqandga 30 nafar bilyardchi kelgan: 16 nafar erkak va 14 nafar ayol.
“Rossiyani munosib himoya qiladigan eng yaxshi bilyardchilar to‘plangan. Bu yerda uch karra jahon chempionlari Nikita Volodin, Iosif Abramov va Nikita Livada, shuningdek, 19 karra jahon chempioni, xizmat ko‘rsatgan sport ustasi Diana Mironova bor. Bu yil u 30 yoshga to‘ldi. Aytgancha, ularning barchasi hali 30 yoshga ham to‘lmagan”, — dedi Rossiya bilyard sporti federatsiyasining erkaklar va ayollar terma jamoalari bosh murabbiyi Aleksey Belov.
V Samarkande proxodit chempionat mira po bilyardu
Shuni ta’kidlash kerakki, musobaqalar rus bilyardining eng mashhur yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan “dinamik piramida” bo‘yicha o‘tkazilmoqda. Uning maqsadi birinchi bo‘lib 8 ochko to‘plashdir. O‘yinda 15 ta oq shar va bitta rangli bitka ishlatiladi. Xususiyati shundaki, to‘p kiritgan o‘yinchi uni stolning istalgan joyiga qo‘yishi mumkin, bu esa o‘yinga faol va tezkor tus beradi.
Partiya 2,5 soatgacha yoki ishtirokchilardan birining 9 ta g‘alabasigacha davom etishi mumkin.
Musobaqalar Rossiyadan Samarqandga olib kelingan 12 ta bilyard stolida o‘tkazilmoqda.
V Samarkande proxodit chempionat mira po bilyardu

“Biz "Liverpool 3" professional seriyasining 12 ta stolini olib keldik. Mutaxassislarimiz chempionatning texnik tomonini to‘liq tashkil etishdi. Bilyard stoli — murakkab jihoz. O‘rnatishga ikki kun ketdi. Karkas, tabiiy slanes plitalari o‘rnatildi, eng yaxshi movut tortildi. Natijada jahon chempionatida etalon uskunalarga ega bo‘ldik”, — dedi “Start” fabrikasi vakili Aleksandra Manyaxina.

Chempionat 26-aprelga qadar davom etadi.
Toshkentda shashka-64 bo‘yicha Jahon kubogi o‘tkaziladi