TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Xorijiy mamlakatlarda Rossiyaning “MAX” onlayn platformasidan foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston yetakchi bo‘ldi. Kuchli beshlikka, shuningdek, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston ham kirdi, deb xabar qildi platforma matbuot xizmati.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, milliy messenjerda jami 7 milliondan ortiq xorijiy foydalanuvchi mavjud. Hozirda unda 40 ta davlat fuqarolari ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Qayd etilishicha, o‘tgan yil noyabr oyida MDH mamlakatlari aholisi, 2026-yil mart oyida esa Osiyo, Afrika, Yaqin Sharq va Lotin Amerikasi davlatlari foydalanuvchilari uchun “Maks”da qo‘ng‘iroq qilish va xabar yuborish imkoniyati paydo bo‘lgan.
Aprel oyi boshida ilovada 110 million kishi ro‘yxatdan o‘tgan, messenjerning kunlik auditoriyasi esa 80 million foydalanuvchidan oshgan.