Toshkentda SputnikPro: 5 soniyalik fokus davrida auditoriyani qanday ushlab qolish mumkin

“SputnikPro”da Margarita Nekrasova auditoriya diqqatini jalb qilish, yangilikni o‘qishga undaydigan tarzda taqdim etish va sarlavha yordamida o‘quvchini ushlab qolish mexanizmlari haqida gapiradi
Sputnik
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Toshkentda SputnikPRO loyihasi doirasida “Svip inqilobi: 5 soniyalik e’tibor davrida ommaviy axborot vositalari auditoriyani qanday ushlab turishi mumkin?” mavzusida ma’ruza tashkil etiladi.
Spiker sifatida Sputnik radiosi direksiyasi rahbari Margarita Nekrasova qatnashadi.
Nekrasova 2018-yildan 2024-yilgacha u agentlikning barcha platformalarida (saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar) yaqin xorij mamlakatlarida Sputnik multimedia kontentini yaratish va rivojlantirishga rahbarlik qilgan.
2021-yilgi Rossiya media menejeri mukofoti sovrindori, 2023-yilda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Rossiya Prezidentining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.
Svayp-revolyutsiya: kak SMI uderjat auditoriyu v epoxu 5 sekundnogo fokusa
Ma’ruza chog‘ida tinglovchilar auditoriya e’tiborini jalb qilish, yangilikni o‘qish va ulashish istagini uyg‘otadigan tarzda taqdim etish, sarlavha va kirish qismi orqali o‘quvchini ushlab qolish, shuningdek, tez o‘zgarayotgan raqamli muhitda jurnalistikaning professional standartlarini saqlash usullari haqida bilib oladilar.
SputnikPRO moduli Toshkentdagi ikki oliy ta’lim muassasasida bo‘lib o‘tadi:
28 aprel soat 15:30 da - Puchon universiteti (Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 2-uy, 38A)
29 aprel soat 10:30 da - O‘zDJTU (Toshkent shahri, Lutfiy ko‘chasi, 8-uy)
Tadbirda ishtirok etish uchun quyidagi kontaktlar orqali yozilish mumkin:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev

Ma’lumot uchun: SputnikPRO - Sputnik axborot agentligi tomonidan tashkil etilgan media sohasidagi xalqaro ma’rifiy loyiha. Bu jurnalistlar, matbuot kotiblari, blogerlar va oliy ta’lim muassasalarining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori kurs talabalari uchun Rossiya va xorijdagi eng yaxshi media-menejerlar, ekspertlar hamda agentlikning yetakchi mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladigan seminarlar, ma’ruzalar va mahorat darslarining noyob tizimidir