TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Moskvadagi Qizil maydonning asosiy bezaklaridan biriga aylangan Dimkov o‘yinchog‘i endi Toshkentda ham taqdim etilmoqda. Bu haqda Kirov viloyati gubernatori Aleksandr Sokolov Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Dimkov o‘yinchog‘i Kirov viloyatining eng mashhur hunarmandchilik ramzlaridan biri bo‘lib, har bir haykalcha to‘liq qo‘lda yasaladi va bezatiladi. Shu bois dunyoda ikki bir xil o‘yinchoq uchramaydi.
Sokolov an’anaviy texnologiyaga ham e’tibor qaratdi. Uning aytishicha, hunarmandlar maxsus gil (loy)dan foydalanadi, uning qazib olinadigan joylari esa sir saqlanadi.
Dimkov o‘yinchog‘ining eng tanilgan timsollaridan biri bo‘lgan “barinya” mehmondo‘stlik va ochiqko‘ngillikni ifoda etadi, bu esa o‘zbek madaniyatiga ham yaqin ekanini gubernator alohida ta’kidladi.
Uning qayd etishicha, Dimkov uslubidagi bezaklar 2025-yil dekabrida Moskvadagi GUM va Qizil maydon muz maydonini bezagan. Endi esa ushbu mashhur o‘yinchoq Toshkentdagi mahorat darslarida namoyish etilmoqda.
Gubernator ijodiy hamkorlik g‘oyasini ham ilgari surdi. U Vatka ranglari va o‘zbek milliy naqshlarini birlashtirib, masalan, an’anaviy sharqona idishlarni Dimkov uslubida bezash mumkinligini aytdi.