TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari DXR va Xarkov viloyatidagi ikki aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatganini ma’lum qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
"Markaz" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari faol harakatlar bilan Donesk Xalq Respublikasining Grishino aholi punktini ozod qildi," — deyiladi xabarda.
Shuningdek, vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, "Shimol" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari Xarkov viloyatining Veterinarnoe aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatgan.
Xabarda aytilishicha, Veterinarnoe aholi punkti ustidan nazoratni "Shimol" guruhining 245-gvardiya motoo‘qchi polki hujumchilari ta’minlagan.
Operatsiya chog‘ida dronlar, artilleriya va tanklar jalb qilingan. Hujumchi bo‘linmalar tayanch nuqtalardagi qarshilikni bostirib, yangi marralarda mustahkamlangan.
Shuningdek, xabarda zarbalar Ukraina Qurolli Kuchlarining o‘t ochish pozitsiyalari va yaqin zaxiralariga berilgani aytilgan.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, aholi punktiga kirgan harbiylar binolar va yerto‘lalarni tekshirib chiqqan, shundan so‘ng qishloq markazida Rossiya davlat bayrog‘i o‘rnatilgan.