O‘zbekiston va YeOII

Barsegan O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan qo‘shma korxonalari 5 mingtaga yetganini aytdi

O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan qo‘shma korxonalari soni qariyb 5 mingtaga yetdi. Shu bilan birga, sanoat kooperatsiyasi va texnologik hamkorlik ham kengayib bormoqda.
Sputnik
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekistonning YeOIIga a’zo davlatlar bilan qo‘shma korxonalari soni qariyb 5 mingtaga yetdi, sanoat sohasidagi kooperatsiya aloqalari hajmi esa qariyb 8 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Bu haqda “Innoprom” yalpi sessiyasida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining sanoat va agrosanoat majmui bo‘yicha hay’at a’zosi, vazir Goar Barsegan ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, YeOII sanoat va agrosanoat majmui, bojxona va texnik jihatdan tartibga solish, transport, energetika hamda logistika kabi yo‘nalishlarda ichki kun tartibini rivojlantirish bilan birga, xalqaro hamkorlar tarmog‘ini ham kengaytirmoqda.
“Bu arxitekturada O‘zbekiston YeOII huzuridagi kuzatuvchi davlat sifatida muhim o‘rin tutadi”, — dedi Barsegan.
Barsegan Shavkat Mirziyoyevning strategik tashabbuslari a’zo davlatlar bilan birgalikda sanoat, agrosanoat majmui, shuningdek raqamli va innovatsion texnologiyalar sohasida kooperatsiyani rivojlantirishga qaratilganini ham qayd etdi.
Uning aytishicha, O‘zbekiston tarmoq uyushmalari bilan birgalikda “Robototexnika” Yevroosiyo texnologik platformasi ishida faol ishtirok etmoqda. Bu doirada robototexnika, sanoat robotlarini joriy etish va barqaror kooperatsiya zanjirlarini shakllantirish bo‘yicha davlatlararo dastur ishlab chiqilgan.
Mirziyoyev Manturovni qabul qildi: Rossiya kompaniyalari qanday loyihalarni taqdim etdi