Yevropada Ukraina va Turkiyani o‘z ichiga olgan yangi harbiy blok paydo bo‘lishi mumkin — Lavrov

YeIning yangi harbiy bloki baribir Rossiyaga nisbatan tajovuzkor bo‘lib qoladi - Lavrov.
Sputnik
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Yevropa Ittifoqida Turkiya, Buyuk Britaniya va Ukrainani o‘z ichiga olgan yangi harbiy blok konsepsiyasi keng muhokama qilinmoqda, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Antaliya Diplomatik forumida.

“Hozirda yangi konsepsiya keng muhokama qilinmoqda, unga ko‘ra amerikaliklar Yevropa xavfsizligini moliyalashtirishdan voz kechadi va Xitoyga qarshi uzoq muddatli qarama-qarshilikka o‘tadi. Yevropa Ittifoqida esa Turkiya, Buyuk Britaniya va Ukrainani o‘z ichiga olgan yangi blok yaratishni taklif qilinmoqda”, - dedi Lavrov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, har qanday yangi tuzilma, ayniqsa Yevropa Ittifoqi va NATOning hozirgi rahbariyati ishtirokida tashkil qilinadigan blok, baribir tajovuzkor bo‘ladi.
“Zelenskiy bu g‘oyani darhol ilg‘ab oldi va Ukraina armiyasi butun blokning markazi, yuragi va muvaffaqiyatining kafolati bo‘lishini aytdi... Bizga kerak bo‘lgan yagona narsa - 800 000 kishilik armiyamizni moliyalashtirishingiz”, deb Ukraina rahbarining so‘zlarini keltirdi Lavrov.
“Bu zamonaviy insoniyat tarixida Yevropadan global tahdid kelib chiqqan uchinchi holat”, deb aniqlik kiritdi tashqi ishlar vaziri.

Aslida Yevropa Zelenskiydan nima xohlaydi?

Rossiya tashqi ishlar vaziriga ko‘ra, Yevropa Ukrainaga bermoqchi bo‘lgan "xavfsizlik kafolatlari" orqali aslida Zelenskiydan ikkita narsani xohlaydi:
birinchidan, Ukrainada natsist rejimini saqlab qolish,
ikkinchidan, ular orqali Rossiyaga jismoniy, moddiy va harbiy tahdidlarni kuchaytirishda davom etish.

Yevro-Atlantika bloki vayron bo‘lmoqda

Rossiya tashqi ishlari vazirining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi voqealar oldingi Yevropa xavfsizlik arxitekturasini vayron qilgan.
"Yevropa xavfsizlik arxitekturasi yaqin vaqtga qadar Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, Yevropa Ittifoqi va NATO bilan bog‘liq va Yevro-Atlantika konsepsiyalariga asoslangan edi, Qo‘shma Shtatlar va Kanada uning bir qismi edi", dedi Lavrov.
Uning ta’kidlashicha, endi vaziyat o‘zgarishi mumkin, ayniqsa AQShning NATOga bo‘lgan yangi munosabatini hisobga olgan holda. Yevropa Ittifoqi o‘z resurslariga tayanishni boshlashi mumkin, ayniqsa amerikaliklar yevropaliklarni o‘z YaIMining 5 foizini mudofaaga sarflashga majbur qilsalar.
ReArm Europe

2025 yil bahorida Yevropa Ittifoqi keng ko‘lamli militarizatsiya tomon qadamlar qo‘ydi. Xususan, mart oyida Brusselda bo‘lib o‘tgan favqulodda sammitda 800 milliard yevrolik ReArm Europe— Yevropa Ittifoqining qayta qurollanish rejasi tasdiqlandi. Unda birgalikda qurol sotib olish va dastur mablag‘laridan tushkunlikka tushgan mintaqalar uchun foydalanish ko‘zda tutilgan.

Keyinchalik, Yevropa Ittifoqi Kengashi 2030-yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli harbiy rivojlanish dasturining bir qismi sifatida militarizatsiya jamg‘armasini (CAFE) yaratishni ma’qulladi. Gaagada iyun oyida bo‘lib o‘tgan NATO sammitida Yevropa davlatlarining harbiy xarajatlarini 2034-yilga kelib YaIMning 5 foizigacha oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.