Yaqin Sharqdagi mojaro Yevroosiyo xavfsizligini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda — Lavrov

Ulug‘ Vatan urushi haqidagi aniq tarixiy faktlarni saqlab qolish va avlodlarga yetkazish muhim - Lavrov.
Sputnik
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Bugun Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH tashqi ishlar vazirlari Kengashi majlisida Fors ko‘rfazidagi mojaro Yevroosiyo mamlakatlari xavfsizligini tubdan o‘zgartirayotganini ta’kidlandi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov MDH TIVK majlisi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
"Fors ko‘rfazidagi mojaro butun Yaqin Sharqni qamrab oldi va Yevroosiyo qit’asidagi muhim tendensiyalariga ta’sir qilmoqda, energiya tashuvchilar, oziq-ovqat, o‘g‘itlar tashish yo‘nalishlarini o‘zgartirmoqda. Ushbu vaziyatdan kelib chiqib, Katta Yevroosiyo hamkorligi doirasida, MDH, ShHT va ASEAN ishtirokida — Yevrosiyo qit’asida xavfsizlik arxitekturasi konsepsiyasi nuqtayi nazaridan qayta ko‘rib chiqilishi kerak", - dedi Lavrov.
Shuningdek, vazirlar Ikkinchi jahon va Ulug‘ Vatan urushi haqidagi aniq tarixiy faktlarni saqlab qolish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.
“Biz Ikkinchi jahon urushi va Ulug‘ Vatan urushi haqidagi tarixiy haqiqatni saqlab qolish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga va MDH mamlakatlaridagi yoshlarni Sovet Ittifoqining barcha xalqlarining buyuk jamoaviy jasoratiga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor berishga kelishib oldik va men buni ayniqsa muhim deb bilaman”, dedi Lavrov.
Rossiya tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, ayni damda Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha aniq takliflar yo‘q.
“Biz hamkasblarimizni Ukraina inqirozini hal etishga qaratilgan so‘nggi sa’y-harakatlar atrofidagi voqealar haqida xabardor qildik. Hozircha bu borada qandaydir aniq tashabbuslar kuzatilmayapti”, — dedi Lavrov.