Qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘itlarsiz yuqori hosildorlikka erishib bo‘lmaydi. O‘zbekistonda bunday o‘g‘itlar sanoatning asosiy korxonalaridan birida, Olmaliqdagi “Ammofos-Maxam” zavodida ishlab chiqariladi.
Bu yerda fosfor kislotasini olishdan tortib, butun mamlakat bo‘ylab qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan tayyor mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq sikl yo‘lga qo‘yilgan.
Korxonadagilar ta’kidlashicha, xomashyo bir necha bosqichda qayta ishlanganidan keyin tayyor mahsulot — ammofos olinadi va qulay shaklda qadoqlanib, iste’molchilarga jo‘natiladi.
Bugungi kunda zavod modernizatsiya qilinmoqda, zamonaviy texnologiyalar joriy etilyapti va u asosan ichki bozor uchun ishlab, mamlakat agrar sektori ehtiyojlarini ta’minlamoqda. Shuningdek, avvallari korxona bir qator xorijiy davlatlarga ham mahsulot yetkazib bergan.
O‘g‘it ishlab chiqarilishi qanday tashkil etilgani va zavodning O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi o‘rni haqida batafsil lavhamizda tomosha qiling.
Ammofos-Maksam va Qo‘qon superfosfat zavodi fosforli o‘g‘itlar — ammoniy fosfat, superfosfat, oddiy ammoniy superfosfat, ammoniy sulfofosfat va nitrokalsiy fosfat ishlab chiqaradi.
Bu zavodlar xomashoni "Qizilqum fosforit kompleksi" MChJdan oladi.