Henley reytingi: O‘zbekiston pasporti 73-o‘ringa chiqdi — so‘nggi yillardagi o‘zgarishlar

Henley reytingida O‘zbekiston pasporti so‘nggi yillarda yuqorilab, 2023-yildagi 85-o‘rindan 2025-yil iyuliga kelib 74-o‘ringa chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. "Henley Passport Index"ning rasmiy sahifasidagi amaldagi ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston pasporti 74-o‘ringa ko‘tarildi.
Hozir O‘zbekiston fuqarolari 59 ta yo‘nalishga oldindan viza olmasdan yoki chegarada viza rasmiylashtirgan holda safar qilishi mumkin.
O‘zbekiston bu ko‘rsatkich bo‘yicha Qirg‘iziston va Mozambik bilan bir xil o‘rinni bo‘lishmoqda. Indeks IATA ma’lumotlari asosida tuziladi va pasport egasi oldindan viza olmasdan kira oladigan yo‘nalishlar soniga qarab baholanadi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston pasportining o‘rni bosqichma-bosqich yaxshilanib kelmoqda, garchi ayrim davrlarda pasayish ham kuzatilgan:
2022 yil boshida O‘zbekiston 83-o‘rinda bo‘lib, fuqarolar 57 ta davlatga vizasiz kira olgan;
2023 yilda mamlakat 85-o‘ringa tushgan;
2024 yilda passport 80-o‘ringa ko‘tarilib, kirish mumkin bo‘lgan davlatlar soni 64 taga yetgan;
2025 yil yanvar holatiga ko‘ra, 80-o‘rin va 62 ta yo‘nalish bilan qayd etilgan.
Markaziy Osiyoda O‘zbekistondan yuqorida Qozog‘iston joylashgan, u 57-o‘rin va 78 ta yo‘nalish bilan qayd etilgan. Tojikiston esa 80-o‘rin, Turkmaniston 88-o‘rinda.
Dunyo reytingida esa yetakchilikni Singapur saqlab turibdi — "Henley"ning 2026-yilgi hisobotiga ko‘ra, uning fuqarolari 192 ta yo‘nalishga vizasiz kira oladi.
O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga milliy pasport bilan kirishi mumkin bo‘lishi kutilyapti