Toshkent–Erevan yo‘nalishida muntazam reyslar ochilishi mumkin

Yo‘nalish ochilsa, O‘zbekiston va Armaniston o‘rtasidagi yo‘lovchilarga so‘nggi yillarda birinchi bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov imkoniyati paydo bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Toshkent va Yerevan o‘rtasidagi muntazam yo‘lovchi reyslari so‘nggi o‘n yilliklarda ilk bor 2026-yil may oyida yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda "Uzbekistan Airports" AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Parvozlar haftada bir marta Boeing 737 samolyotlarida amalga oshirilishi kutilmoqda.
Tashuvchi sifatida Armanistonning Shirak Avia aviakompaniyasi ko‘rsatilmoqda. Kompaniya 2019-yildan buyon faoliyat yuritib, xalqaro yo‘nalishlarda Boeing 737 turidagi samolyotlardan foydalanadi.
Yangi reys ochilishi O‘zbekiston va Armaniston o‘rtasidagi turistik hamda biznes aloqalarni mustahkamlashi, shuningdek, yo‘lovchilar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov imkoniyatini kengaytirishi mumkin.
Avvalroq ushbu yo‘nalish bo‘yicha safarlar, qoida tariqasida, Moskva, Istanbul yoki Tbilisi orqali amalga oshirilar edi
"Centrum Air" Toshkent-Sochi reyslarini yo‘lga qo‘yadi: chipta narxlari