Mirziyoyev Rossiya prezidenti administratsiyasi vakili Sergey Kiriyenkoni qabul qildi

Uchrashuvda ikki tomonlama strategik sheriklik, sanoat kooperatsiyasi, atom energetikasi va raqamli sohadagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Muzokaralarda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish doirasida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal zamrukovoditelya Administratsii Prezidenta RF Sergeya Kiriyenko
Barcha yo‘nalishlarda faol muloqotlar davom etayotgani qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi barqaror o‘sib bormoqda, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha muhim loyihalar izchil amalga oshirilmoqda, madaniy-gumanitar almashinuv esa kengayib bormoqda.
Uchrashuvda mamlakatimizda birinchi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasini barpo etish loyihasini amalga oshirish, shuningdek, tinch atom sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, raqamli texnologiyalar, yoshlar va axborot siyosati, ommaviy axborot vositalari, fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni faollashtirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
AES qurilishi boshlanishi, Ukraina va Eron mojarosi: Mirziyoyev va Putin nimani muhokama qildi