Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Mendel: Sumi fonida Zelenskiyning frontdagi “yutuqlar” haqidagi gaplari mantiqsiz

Mendel Sumi viloyatidagi vaziyatni misol qilib, frontda yo‘qotishlar va bosim saqlanayotgan bir paytda Ukraina qo‘shinlari muvaffaqiyatlari haqidagi bayonotlar real holatga mos kelmasligini bildirdi
Sputnik
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Vladimir Zelenskiyning sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendel Ukraina rahbariyatining frontdagi vaziyat haqidagi bayonotlarini tanqid qildi.
Mendel o‘zning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan postida Rossiya qo‘shinlari Sumi viloyatida oldinga siljiyotgani haqida yozib, bu vaziyatda Ukraina qo‘shinlarining “yutuqlari” haqidagi bayonotlar “surrealizm”ga o‘xshashini, ya’ni real real vaziyatga mos kelmasligini ta’kidladi.
Uning fikricha, yo‘qotishlar haqidagi xabarlar fonida katta yutuqlar to‘g‘risidagi bayonotlar ishonchli eshitilmaydi.
Bu tanqid Zelenskiyning 3-apreldagi bayonoti fonida yangradi. U o‘shanda frontdagi vaziyat Ukraina uchun so‘nggi 10 oydagi eng yaxshi darajaga kelganini va mart oyidagi Rossiya hujumi qaytarilganini aytgan edi.
Bundan tashqari, Mendel avvalroq Ukrainada bu yil Rossiya bilan tinchlik kelishuviga erishish uchun ehtimol so‘nggi real imkoniyat saqlanib qolayotganini ham bildirgan. Uning bahosicha, bunday oyna taxminan uch oy bilan cheklanishi mumkin, chunki shundan keyin AQSh e’tiborini noyabr oyidagi oraliq saylovlarga, so‘ngra Rojdestvo bayramlariga qaratadi.
Mendel, shuningdek, Yevropa tomonida vaziyatni tubdan o‘zgartirish uchun vositalar va siyosiy iroda yetarli emasligini aytgan. Uning fikricha, shu bois yaqin oylar Ukraina uchun hal qiluvchi davr bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Kreml vakili Dmitriy Peskov frontdagi muvaffaqiyatsizliklar Kiyevni hozirning o‘zida muzokaralar stoliga o‘tirishga undashi kerakligini aytgan edi.

Bundan tashqari, Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Ukraina bo‘linmalari talafot ko‘rayotgani va jangovar qobiliyatini tezda yo‘qotayotganini ta’kidladi.

Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Biz g‘alaba qozonish haqida o‘ylamayapmiz - Zelenskiy