O‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash kodeksi ishlab chiqiladi: bu nima beradi?

Hujjat sohaga oid o‘nlab qonun va yuzlab qonunosti hujjatlarni tizimlashtirib, sog‘liqni saqlash sohasini yagona huquqiy asosda tartibga solishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash kodeksini ishlab chiqish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hozir soha 76 ta qonun va 400 dan ortiq qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadi. Shu bois qonunchilikni yagona hujjatga jamlash zarurligi ta’kidlandi.
Kodeksni ishlab chiqish strategiyasi va rejasi taqdim qilinib, hujjat loyihasini 2027-yil dekabrigacha tayyorlash ko‘zda tutilayotgani aytildi.
Kodeks qabul qilinishi sohadagi takrorlanuvchi normalarni qisqartirish, tibbiyot xodimlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlash va aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini tartibga solishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Bepul tibbiy ko‘riklar, tez yordam va dori-darmon: prezident yangi takliflarni ma’qulladi