O‘zbekiston va YeOII

EOII davlatlari uchun yagona sayyohlik platformasi ishga tushiriladi

Yangi platforma EOII davlatlaridagi asosiy sayyohlik maskanlari, marshrutlar va tadbirlar haqidagi ma’lumotlarni yagona joyga jamlashi kutilmoqda
Sputnik
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. EOII mamlakatlarining yagona sayyohlik portali joriy yilda sinov tariqasida ishga tushirilishi mumkin. Bu haqda BelTA Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligining ko‘p tomonlama iqtisodiy hamkorlik va maxsus loyihalar departamenti direktori Nikita Kondratyevga tayanib xabar qildi.
Kondratyevning aytishicha, bu tashabbus o‘tgan yili tasdiqlangan turizmni rivojlantirish konsepsiyasidan kelib chiqqan. Hujjat ustida ishlash jarayonida EOII maydonida umumiy bo‘lgan sayyohlik yo‘nalishlari va tendensiyalar tahlil qilinib, ularni yagona konsepsiya doirasida birlashtirish zarur, degan xulosaga kelingan.
Hozir portal ustida ish olib borilmoqda. Unda EOIIga a’zo davlatlardagi asosiy diqqatga sazovor joylar, sayyohlik yo‘nalishlari, tadbirlar va sayohatchilar uchun imkoniyatlar haqida dolzarb ma’lumotlar joylashtirilishi rejalashtirilgan.
Kondratyev so‘zlariga ko‘ra, portalning sinov rejimidagi ishga tushirilishi 2026-yilga mo‘ljallangan.
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston-YeOII: Aripov hamkorlikning 5 ta yo‘nalishini belgiladi